Namangan: To'raqo'rg'onda Is'hoqxon To'ra Ibratni xotirlab...

Опубликовано: 02 Октябрь 2024
на канале: Amerika Ovozi
3,735
87

Namanganning To'raqo'rg'on tumanidamiz. Namangan shahar markazidan bir necha daqiqalik yo'l. Ikki yil oldin bu yerda 1930-yillardagi qatag'on qurbonlaridan biri, o'z davrining yetakchi va jahongashta ziyolisi bo'lgan Is'hoqxon To'ra Ibrat xotirasini abadiylashtirish maqsadida yodgorlik majmuasi barpo etilgan. 400 o'rinli, xorijiy tillarga ixtisoslashgan maktab-internat, shuningdek, haykal, xiyobon, muzey, bosmaxona va hunarmandlik markazi. "Amerika Ovozi" muxbiri Navbahor Imamova bu majmua bilan oddiy sayyoh sifatida tanishdi. O'zbekistondan maxsus dasturlarimizni kuzatib boring.