G'arbiy Sohilda Isroil kuchlarining qonli reydlari oltinchi kun ham davom etmoqda: Jenin shahriga kirish-chiqish yo'llarini buldozerlar bilan surib tashlayotgan Isroil harbiylari havoga o'q uzib aholini tarqatmoqda.
Ushbu olti kunlik operatsiyalar chog'ida kamida 29 nafar falastinlik o'ldirilgan. Isroil tomoni o'z reydlarini G'arbiy Sohildagi yahudiy aholiga hujumlarning oldini olishga qaratilgan tadbir sifatida izohlamoqda. Jahon hamjamiyati esa G'arbiy Sohilga o'rnashib olgan 500 mingga yaqin yahudiy turarjoylari noqonuniy qurilgan deb hisoblaydi. Falastinliklar hujumlarni yahudiy aholi boshlayotganini aytadi.
G'azoda urush boshlanganidan beri G'arbiy Sohilda kamida 681 nafar falastinlik o'ldirilgan. Ekspertlar urush geografiyasi allaqachon G'azo sektori sarhadlaridan kengayib borayotgani mintaqani beqarorlik sari boshlashidan ogohlantirmoqda.