Ukraina askarlari Rossiyaning Kursk hududidagi qishloqda o'z mamlakati bayrog'ini o'rnatdi. Kiyev bayonotiga ko'ra, Ukraina armiyasi ayni damda Kurskda 1000 kvadrat kilometr maydonni o'z nazoratiga olgan.
Ukraina kuchlarining kutilmagan hujumidan bir hafta o'tib ham Rossiya mudofaasi zaif va betartib qarshilik ko'rsatayotgani xabar qilinmoqda. Moskva iddaosiga ko'ra, Ukraina urushlardan toliqqan G'arbdan ko'proq yordam olish uchun Kurskka hujumni o'ylab topgan. Kreml "barchasi nazorat ostida", "Rossiya yengmoqda", "navbatdagi yirik masshtabli provokatsiya", "Rossiyaga bosqin" degan talqinlar bilan vaziyatga baho bermoqda.