Amerikada doimiy yashash va ishlashga ruxsat beruvchi grin-karta olish imkoniyatini Davlat departamentining yillik lotereyasi orqali yutgan bo'lsangiz, oldingizda qanday sinovlar turibdi? Talaba vizasi olish ilinjida yurgan bo'lsangiz, vaziyat qanday? AQShda irqchilikdan noliyotgan omma orasida o'zbekistonliklar ham bormi? "Amerika Ovozi"da o'z maslahat va tahlili bilan chiqib turadigan immigratsion yurist Mirakmal Niyazmatov bilan bugungi suhbatimiz shu haqda.