Toshkent Rossiya bosimi ostida "Artdokfest"ni taqiqladi - Manskiy

Опубликовано: 01 Октябрь 2024
на канале: Ozodlik Radiosi
180,412
2.4k

Тошкентда “Артдокфест/Осиё” ҳужжатли фильмлар фестивали ўтказилишига тақиқ қўйилди.
Ўзбекистон Маданият вазирлиги фильмлар намойишига тақиқланганини 2–8 апрель кунлари Тошкентда бўлиб ўтиши режалаштирилган Artdocfest/Asia фестивалини ўтказиш учун ташкилотчилар Ўзбекистон қонунчилигида белгиланган тартибда рухсатнома олишмагани билан изоҳлаган.
4 апрел куни фестивал доирасида режиссёрлар Виталий Манский ва Евгений Титаренконинг Украинадаги уруш тўғрисидаги “Шарқий фронт” фильми намойиши маҳаллий ички ишлар ходимлари талаби билан тўхтатилган. Фестивал ўтказилаётган галерея эгаси Тимур Карпов Яшнобод туман суди қарори билан маъмурий жавобгарликка тортилди.
Виталий Манский Озодлик билан суҳбатда Тошкентдаги Artdocfest/Asia фестивалининг тақиқланиши Россиянинг Ўзбекистондаги элчихонаси босими остида бўлганини иддао қилди.

🔴Ozodlik kanaliga obuna bo'ling! 👉 https://t.me/ozodlikkanali
🔴Bizga xabar yo'llash uchun 👉 https://t.me/ozodnews

Toshkentda “Artdokfest/Osiyo” hujjatli filmlar festivali o‘tkazilishiga taqiq qo‘yildi.
O‘zbekiston Madaniyat vazirligi filmlar namoyishiga taqiqlanganini 2–8 aprel kunlari Toshkentda bo‘lib o‘tishi rejalashtirilgan Artdocfest/Asia festivalini o‘tkazish uchun tashkilotchilar O‘zbekiston qonunchiligida belgilangan tartibda ruxsatnoma olishmagani bilan izohlagan.
4 aprel kuni festival doirasida rejissyorlar Vitaliy Manskiy va Yevgeniy Titarenkoning Ukrainadagi urush to‘g‘risidagi “Sharqiy front” filmi namoyishi mahalliy ichki ishlar xodimlari talabi bilan to‘xtatilgan. Festival o‘tkazilayotgan galereya egasi Timur Karpov Yashnobod tuman sudi qarori bilan ma’muriy javobgarlikka tortildi.
Vitaliy Manskiy Ozodlik bilan suhbatda Toshkentdagi Artdocfest/Asia festivalining taqiqlanishi Rossiyaning O‘zbekistondagi elchixonasi bosimi ostida bo‘lganini iddao qildi.

#ozodlik #uzbekistan #tashkent #yangiliklar #artdocumentary #rossiya #bosqin #mirziyoyev