Бугунги суҳбатда икки авлод вакиллари: шоира Дилором Исҳоқова ҳамда талаба Шоҳруҳ Рофиев иштирок этди.
Куни кеча Самарқанд шаҳар суди 74 яшар фуқарони Жиноят кодексининг 159-моддаси 1-қисмида назарда тутилган жиноятни содир этганликда айбдор топиб, унга 3 йилга озодликни чеклаш жазосини тайинлади.
Судланган СССРпарвар фуқаро Дилором Исҳоқованинг тенгдошидир.
СССРпарвар фуқаро билан Шоҳруҳ Рофиев ўртасида ҳам умумий жиҳат бор: у - Шоҳруҳ ўқиётган Самарқанд давлат университети битирувчиси.
Энг қизиғи, СССРпарвар фуқаронинг Ватан тушунчасига ҳам алоқаси бор: айтилишича, у икки йилгина мактабда ишлаган, шундан сўнг пенсияга чиққунича “Ватанпарвар” ташкилотида хизмат қилган... Сарвар Усмон суҳбатлашди.
🔴 Ozodlik kanaliga obuna bo'ling! 👉 https://t.me/ozodlikkanali
🔴 Bizga xabar yo'llash uchun 👉 https://t.me/ozodnews
Bugungi suhbatda ikki avlod vakillari: shoira Dilorom Is'hoqova hamda talaba Shohruh Rofiyev ishtirok etdi.
Kuni kecha Samarqand shahar sudi 74 yashar fuqaroni Jinoyat kodeksining 159-moddasi 1-qismida nazarda tutilgan jinoyatni sodir etganlikda aybdor topib, unga 3 yilga ozodlikni cheklash jazosini tayinladi.
Sudlangan SSSRparvar fuqaro Dilorom Is'hoqovaning tengdoshidir.
SSSRparvar fuqaro bilan Shohruh Rofiyev o‘rtasida ham umumiy jihat bor: u - Shohruh o‘qiyotgan Samarqand davlat universiteti bitiruvchisi.
Eng qizig‘i, SSSRparvar fuqaroning Vatan tushunchasiga ham aloqasi bor: aytilishicha, u ikki yilgina maktabda ishlagan, shundan so‘ng pensiyaga chiqqunicha “Vatanparvar” tashkilotida xizmat qilgan... Sarvar Usmon suhbatlashdi.
#ozodlik #uzbekistan #tashkent #yangiliklar #ozodnazar #rossiya #migrant #sarvarusmon