Tanzila Norbayeva isteʹfosini talab qilgan bloger qamaldi

Опубликовано: 08 Октябрь 2024
на канале: Ozodlik Radiosi
299,585
4k

Қашқадарё вилояти Яккабоғ туманида маҳаллий блогер Элмурод Одилов 27 май куни Маъмурий жавобгарлик кодексининг 183-моддаси (майда безорилик) ва 198-(ҳокимият вакилининг қонуний талабларини бажармаслик ёки хизмат вазифаларини бажаришига тўсқинлик қилиш) моддаси билан 15 суткага қамалди.

Вилоят Ички ишлар бошқармасининг иддао қилишича, Элмурод Одилов 26 май куни пилла омборхонасига келиб, “фермерлар ишига аралашган ва уларни ҳақорат қилган”.

Ҳодиса гувоҳлари тунги мажлисни видеога олмоқчи бўлган блогер Яккабоғ туман ҳокими ва унинг муовини томонидан калтакланганини гапиришмоқда.

🔴 https://t.me/ozodlikkanali kanaliga obuna bo'ling!

🔴 Bizga xabar yo'llash uchun 👉 @ozodnews

Qashqadaryo viloyati Yakkabog‘ tumanida mahalliy bloger Elmurod Odilov 27-may kuni Ma’muriy javobgarlik kodeksining 183-moddasi (mayda bezorilik) va 198-(hokimiyat vakilining qonuniy talablarini bajarmaslik yoki xizmat vazifalarini bajarishiga to‘sqinlik qilish) moddasi bilan 15 sutkaga qamaldi.

Viloyat Ichki ishlar boshqarmasining iddao qilishicha, Elmurod Odilov 26-may kuni pilla omborxonasiga kelib, “fermerlar ishiga aralashgan va ularni haqorat qilgan”.

Hodisa guvohlari tungi majlisni videoga olmoqchi bo‘lgan bloger Yakkabog‘ tuman hokimi va uning muovini tomonidan kaltaklanganini gapirishmoqda.

Uzbek | Uzbekistan | Ozbekiston | Ozbek | Yangiliklar | Xabarlar | Mirziyoyev | Tezkor |

#ozodlik #uzbekistan #bloger #tanzilanorbayeva #mirziyoyev