Тошкент шаҳар, Кўкалдош мадрасаси ва Чорсу буюм бозорининг оралиғидаги пиёдалар йўлида қонуний савдо қилаётган юзга яқин тадбиркор 23 май куни Тошкент шаҳар ҳокимлигига арз қилиб борди.
Тадбиркорлар 2019 йилда беш йил муддатга аукциондан ютиб олган дўконлари Тошкент туманлараро судининг қарори билан бузилишга тушганига норозилик билдирди.
Тошкент шаҳар собиқ ҳокими Жаҳонгир Ортиқхўжаев 2019 йилда Кўкалдош мадрасаси ва Чорсу буюм бозорининг оралиғидаги пиёдалар йўлаги четларига енгил турдаги савдо расталарини вақтинчалик жойлаштириш ва жойлаштирилган ер участкасидан беш йиллик ижара шартномаси тузиш ҳақида 1109-сонли қарор чиқарган эди.
🔴 https://t.me/ozodlikkanali kanaliga obuna bo'ling!
🔴 Bizga xabar yo'llash uchun 👉 @ozodnews
Toshkent shahar, Ko‘kaldosh madrasasi va Chorsu buyum bozorining oralig‘idagi piyodalar yo‘lida qonuniy savdo qilayotgan yuzga yaqin tadbirkor 23-may kuni Toshkent shahar hokimligiga arz qilib bordi.
Tadbirkorlar 2019-yilda besh yil muddatga auktsiondan yutib olgan do‘konlari Toshkent tumanlararo sudining qarori bilan buzilishga tushganiga norozilik bildirdi.
Toshkent shahar sobiq hokimi Jahongir Ortiqxo‘jayev 2019-yilda Ko‘kaldosh madrasasi va Chorsu buyum bozorining oralig‘idagi piyodalar yo‘lagi chetlariga engil turdagi savdo rastalarini vaqtinchalik joylashtirish va joylashtirilgan er uchastkasidan besh yillik ijara shartnomasi tuzish haqida 1109-sonli qaror chiqargan edi.
Uzbek | Uzbekistan | Ozbekiston | Ozbek | Yangiliklar | Xabarlar | Mirziyoyev | Tezkor |
#ozodlik #chorsu #bozor #tashkent #tadbirkor