Masalliqlar:
2 osh qoshiq o’simlik yog’i
300 gramm guruch
350 gramm suv
ta’bga qarab tuz va murch
Qadam 1
Guruchni tozalab, yaxshilab yuvib olamiz.
Qadam 2
Tovaga yog’ni quyib, qizdirib olamiz.
Qadam 3
Guruchni solib, 3-4 daqiqa davomida qovurib olamiz.
Tavsiya: guruch bir xil pishishi uchun uni qovurayotganda muntazam ravishda kovlab turishni unutmang. Aks holda uning bir tomoni qattiqroq bo’lib chiqadi va suvni o’ziga shimdirmasdan, yaxshi pishmay qolishiga sabab bo’ladi.
Qadam 4
Suvni quyamiz va olovni balandroq qilib, qaynash darajasiga keltiramiz.
Qadam 5
Suyuqlikning ⅔ qismi buglanib ketguniga qadar qaynatib pishiramiz.
Qadam 6
Aralashtirib, qopqog’ini yopamiz va past olovda 5-7 daqiqa davomida pishirib olamiz.
Yoqimli ishtaha!
Yanada ko'proq retseptlar — https://zira.uz da
Facebook: https://www.fb.com/zirauz
Instagram: / zirauz
O'zbek tilidagi telegram: https://t.me/zirauzuz
Rus tilidagi telegram: https://t.me/zirauz
Telegramdagi guruh: https://t.me/zirauz_chat
Tahririyat raqami: (+99899) 837−15−15
Reklama bo'limi raqami: (+99878) 148−14−15