Musiqani barcha platformalarda tinglash uchun havola: https://bnd.lc/SdGWr
Qo‘lda tutun (matni)
Xayol bilan olarman esga kun-u tun,
Goʻzal damlar edi, bugun tushda u kun.
Sevar edim kabi tobe, jazo shudur,
She’r yozaman, yengdi sukut, qoʻlda tutun.
Edi koʻzida osmon mujassam,
Esardi shabada sochin silasam.
Shoshardim yoningga koʻrgani kunda,
Tunda, tushda, birga hatto uxlasam.
Yuragim tubida faqat u bor edi,
Boshqasi yomg‘ir, u oppoq qor edi.
Usiz qiziqmas, u bilan zoʻr edi,
Telbaday sevardim, ko‘zlarim ko‘r edi.
Unutdim deyman-u, yurak unutmadi,
Ovozing sogʻinmay biror tun oʻtmadi.
Oʻsha kundan keyin xuddi tong otmadi
Qanchasi urindi, seni oʻxshatmadi.
Xotima kulmidi, kechish osonmidi,
Deyishdi kambagʻal, sababi shumidi?
Ularga baxtdan qogʻoz ustunmidi,
Sotib ololmadim, sevgi bozormidi?
Bormayman nechun sani deb?
Kelmaysan nechun mani deb?
Izlayman har kun qani deb,
Izlaysan bir kun qani deb.
Instagram:
/ abrobey_
Telegram:
https://t.me/abrobeyofficial