“STADE DE FRANCE” para yengil atletika bahslariga mezbonlik qilmoqda

Опубликовано: 21 Октябрь 2024
на канале: UZREPORT TV
4,462
54

Parij shahrida 17-paralimpiya o‘yinlari davom etmoqda. 6-kungi dasturdan o‘rin olgan para yengil atletika bahslarida ayollar o‘rtasida f41 klassida disk uloqtirish bellashuvlari o‘z nihoyasiga yetdi. Unda ishtirok etgan Kubaro Xakimova hamda Madina Muxtorovalar 9-va 11- o‘rinlarni egallashdi. Ma‘lumot o‘rnida, Kubaro Xakimova bundan avvalgi yadro uloqtirish dasturida kumush medalni qo‘lga kiritgandi. Shuningdek, ayollar o‘rtasidagi f46 klassida yadro uloqtirish bahslarida Shaxina Yigitaliyeva hamda Roziya Ergashevalar o‘z omadlarini sinab ko‘rishdi. Afsuski, mazkur yo‘nalishda ham medalga qadar yetib bormadik. Faqatgina 100 metr masofaga t11 klassida yugurish dasturida ishtirok etgan Urganchbek Egamnazarov 3-bo‘lib marraga yetib keldi va navbatdagi bosqichga yo‘l oldi

Официальный сайт: https://uzreport.news/
UzReportTV @ Instagram:   / uzreport.news  
UzReportTV @ Facebook:   / uzreport.tv  
UzReportTV @ Telegram: https://t.me/UzReport
---------------------------------------------------------------------------------------
"UZREPORT TV" kanalining barcha yuklangan videolari himoyalangan.
Ushbu videoni boshqa kanallarga yuklash taqiqlanadi
---------------------------------------------------------------------------------------
#uzreporttv #news #новости #yangiliklar