AbroBey – Depressiya (Mood video)

Опубликовано: 18 Февраль 2025
на канале: Abrobey
709,299
18k

Creative group:

Directed by: MamurjonOkay (  / mamurjon_okay  )
Singer: AbroBey (  / abrobey_  )
Sound produser: Yevgeniy Voyshyev (  / evgeniivoishev  )
D.O.P & Editor: Behruz Bakhodirov (  / behruz_bakhodirov  )
Assistant's: Xojiakbar Atabekovich (  / hojy.27  )
Abdulaziz Egamberdiyev (  / abdulaziz.fast  )
Backstage: Jaloliddin Rajabov (  / mrjalolll  )

Hamkorimiz: Yurtim milliy brendi – Bolalik ta'mi – “Yurtim” bilan!
(  / yurtim.uzbekistan  )

Muallifni qo‘llab-quvvatlash uchun donat havolasi:
https://tirikchilik.uz/abrobey



Depressiya (Qo‘shiq matni)

“Oʻzimman yomon,
Oʻzimman aybdor”,
Deyish — uyat, or,
Doim sabab bor.
Hammada ayb bor,
Bandasi gunohkor.

“Oʻzimman yomon,
Oʻzimman aybdor”,
Deyish — uyat, or,
Doim sabab bor.
Tushunamiz, bilamiz: beayb — Parvardigor,
Lekin oʻsha ayblaringning oz-ko‘p me’yori bor.

Tayyorman har doim qiyin vaqtda aldagani,
Oʻzim ham bilaman aldaganda qiynalganim.
Ichimdan sezaman vijdonimga yengilganim,
Ba’zida qoʻrqaman, balki, shudir yiqilganim?

Uyimdan chiqaman rejalarni bajargani,
Fahsh domiga tortadi, unutaman rejalarni.
Tez tugasaydi kun, tunni kutaman  yashagani,
Vijdonimning ovozini tutun bilan oʻchirgani.

Bu poyga — men oʻynagan poyga,
Pichoqsiz soʻygan,
Ertakmas, bor gap,
Isbot bor soʻralgan joyiga.

Orqasi bor begʻubor,
Qogʻozga xumor,
Iblis qurgan bozor,
Olovga navbat qator-qator.
U sotadi, biz olamiz,
Hammamiz xaridor.
Atrof toʻla ayyor,
Bugun ming xil turda qimor.

Tugamasdi ertalabgacha jumboqli savollarim,
Faqat yomon xayollarim, yorugʻ kunni koʻrolmadim.
Qaniydi kelsa uyqu, shu zahot uxlab qolardim,
Halovatni bersa kreditga, shuniyam olardim.

Yolgʻizlik tuyiladi juda uzoq,
Abadiymas, hammasi oʻtib ketadi.
Hayot barchaga qoʻyadi tuzoq,
Aylanib oʻtmasang, yutib ketadi.

“Oʻzimman yomon,
Oʻzimman aybdor”,
Deyish — uyat, or,
Doim sabab bor.
Hammada ayb bor,
Bandasi gunohkor.

“Oʻzimman yomon,
Oʻzimman aybdor”,
Deyish — uyat, or,
Doim sabab bor.
Tushunamiz, bilamiz: beayb — Parvardigor,
Lekin oʻsha ayblaringning oz-ko‘p me’yori bor.

Toʻgʻri, kimdir qiynalmagan,
U saroyda sinalmagan.
Muhokama qilma,
Satrlarim senga atalmagan,
Menga baho berma,
Senga bunga ruxsat berilmagan.

Yigʻishtir xom xayollarni — ayamasdan qaritadi,
Qilgin tasavvurdamas, amalda — baxt kulib boqadi.
Eshitmagin nokaslarni, ular faqat kesatadi,
Yotib xayol surishmas, hayotni aql bezatadi.

Bu poyga — men oʻynagan poyga,
Adashma, har kun, har soatda oʻrgan.
Yechimni beradi sinovni bergan.

Faqat men kulamanmi
Boʻynimda qarz bilan?
Hali koʻp kutamanmi
Baxtni havas bilan?
Chuqur nafas bilan,
Soʻroq va bahs bilan,
Qushman qanotsiz — koʻrinmas qafasdaman.

Faqat men kulamanmi
Boʻynimda qarz bilan?
Hali koʻp kutamanmi
Baxtni havas bilan?
Chuqur nafas bilan,
Soʻroq va bahs bilan,
Qushman qanotsiz — koʻrinmas qafasdaman.

“Oʻzimman yomon,
Oʻzimman aybdor”,
Poyga, pichoqsiz soʻygan,
U sotadi, biz olamiz,
Vijdonimning ovozini tutun bilan oʻchirgani.