O‘zbekistonlik fohisha qiz haqidagi film Kann festivalida mukofotlandi
Amerikalik rejissyor tomonidan suratga olingan o‘zbekistonlik fohisha qiz haqidagi film 77-Kann kinofestivalida “Oltin palma yaprog‘i” bilan taqdirlandi.
Filmning bosh qahramoni fohishalik bilan shug‘ullanadigan o‘zbek qizi sifatida tasvirlanadi. Kino bir necha kundan buyon turli muzokaralarga sabab bo‘lyapti. IMDb reytingida esa 7,5 ball bilan baholangan. Qayd etish joizki, ushbu reytingda filmlarning 7 dan baland baholanishi yaxshi ko‘rsatkich.
Filmning nomi ham o‘zbek qizining ismi bilan atalgan – “Anora”. Amerikalik rejissyor Shon Beykerning ushbu kinosi komedik-drama janrida suratga olingan. Bosh rollarni Mayki Medison, Mark Eydelshteyn va Yura Borisov ijro etgan.